Qirg`iziston Respublikasi O`sh viloyatida 6-sinf o`quvchisi o`zi bilan maktabga atir olib kelgan va uni sinfxonada sepgan. Bundan o`quvchilar o`zini yomon his qila boshlagan. Shundan so`ng ular zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ularga noma'lum moddadan zaharlanish tashxisi qo`yilgan. Shifokorlar 18 nafar o`quvchi kuzatuv ostida qolishlari kerak degan qarorga kelishgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan. Bolalarning ahvoli qoniqarli ekani aytildi. Keyinchalik esa 14 nafar maktab o`quvchisiga kasalxonadan chiqishga ruxsat berildi, qolgan to`rt nafari esa hozircha shifokorlar nazoratida qoladi.