x

Jahon yangiliklari

O`tgan yili 43,000 kishining o`limiga sabab bo`lgan qurg`oqchilik Somalida hali ham davom etyapti. Sog`liqni saqlash vazirligi, UNICEF ​​va Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti dushanba kuni birgalikda e'lon qilgan hisobotga ko`ra, qurbonlarning yarmi besh yoshgacha bo`lgan bolalar ekanligi ham aniqlangan.

Unda aytilishicha, Afrikani qamrab olgan rekord qurg`oqchilik Somalida joriy yilning yanvar-iyun oylari orasida kuniga 135 kishining o`limiga olib kelishi mumkin. Tadqiqot London Gigiyena va tropik tibbiyot maktabi va London Imperial kolleji tomonidan olib borilgan.

Shu oy boshida Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) mintaqada so`nggi 40 yil ichida sodir bo`lgan eng kuchli qurg`oqchilik tufayli 100 mingga yaqin odam halokat bo`lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

"Biz o`limning oldini olish va hayotni saqlab qolish uchun vaqtga qarshi kurashmoqdamiz",- dedi JSSTning Somalidagi vakili Ma'munur Rahmon Malik.

"Bizning harakatsizligimiz bolalar, ayollar va boshqa zaif odamlar o`z hayotlari bilan to`lashlarini anglatadi. Biz umidsiz, nochor holda fojianing guvohi bo`lmoqdamiz",- deya fikrini davom ettiradi JSST vakili.

Bundan tashqari, Keniya, Efiopiya va Somalining ba'zi hududlarida ketma-ket beshta muvaffaqiyatsiz yomg`irli mavsum millionlab chorva mollarini nobud qildi, ekinlarni yoq qildi, bir milliondan ortiq odamni oziq-ovqat va suv izlab uylarini tashlab ketishga majbur qildi.

Sinoptiklarning aytishicha, oltinchi yomg`irli mavsum ham muvaffaqiyatsiz bo`lishi kutilmoqda. Bu ufqda misli ko`rilmagan gumanitar falokat deganidir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma'lumotlariga ko`ra, bu yil Somali aholisining yarmidan ko`pi insonparvarlik yordamiga muhtoj bo`ladi.

2011 yilda Somalida 260 000 kishi halok bo`lgan. Afsuski, ularning yarmidan ko`pi olti yoshgacha bo`lgan bolalar.

2017 yilda mamlakatda olti milliondan ortiq odam (ularning yarmidan ko`pi bolalar) Sharqiy Afrika bo`ylab uzoq davom etgan qurg`oqchilik tufayli yordamga muhtoj edi.

Ammo dastlabki gumanitar harakatlar o`sha yili ocharchilikning oldini oldi.

Ayni paytda mojarolardan aziyat chekkan mamlakat iqlim o`zgarishiga qarshi kurashayotgan eng zaif davlatlardan biri hisoblanadi.

To Top ↑
To Top ↑