AQSh davlat maktablari okrugi yirik IT-kompaniyalarni sudga berib, ularning xizmatlarini o`quvchilarning ruhiy salomatligi va maktablarning o`z ta'lim funktsiyalarini bajarish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko`rsatayotganlikda aybladi.
Kompaniyalar o`z xizmatlarini yoshlar uchun o`ziga qaram bo`lishi uchun maxsus ishlab chiqqan, deydi da'vogarlar.
Ularning ta'kidlashicha, yuqorida nomi keltirilgan IT gigantlarning harakatlari yoshlarning ruhiy salomatligi inqirozini keltirib chiqarishda muhim omil bo`lgan.
“Ayblanuvchilar yoshlarning zaif aqliy qobiliyatlaridan muvaffaqiyatli foydalanib, butun mamlakat bo`ylab millionlab talabalarni jalb qilishdi va bu ijtimoiy media platformalaridan haddan tashqari ko`p foydalanishga olib keldi”, deyiladi mazkur kompaniyalarga qarshi da'vo mazmunida.
Meta Facebook`da o`smirlar va ularning oilalarini qo`llab-quvvatlash uchun 30 dan ortiq vositalarni ishlab chiqqanini aytdi. Korporatsiya ekspertlar, siyosatchilar va ota-onalar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishga va'da berdi.
Google esa o`z platformalarida bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish va ishonchli himoyani amalga oshirish uchun katta sarmoya kiritish haqida gapirdi.
Snap vakilining aytishicha, kompaniya ko`plab psixologlar bilan birgalikda ilova ichidagi xavfsizlik vositalarini ishlab chiqish va ishga tushirish bo`yicha ishlamoqda.
ByteDance esa TikTok`dagi zararli kontentlarni yo`q qilib, tarmoqqa yuklangan videolarni moderatsiya qilish va nazorat qilishga sarmoya kiritishga va'da berdi.
Hozirda da'vogarlar kompaniyalarni jarimalar va etkazilgan zararni qoplash majburiyatini olishni talab qilishmoqda.