Mahalliy yangiliklar
Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov rahbarligida bo`lib o`tgan vazirlikning navbatdan tashqari hay'at yig`ilishida tizimdagi qator rahbar xodimlar lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda O`zA.
Hususan, topshiriq va vazifalar hamda qo`yilgan talablarni o`z vaqtida bajarmagani sababli O‘zmedimpeks MChJ direktori A.Nabiyev, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek, o`z yo`nalishida etarli natija ko`rsata olmagani bois vazirlikning Dori vositalari va tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i H.Ganiyeva hamda yana bir qator mas'ullar ishdan olindi.
Vazirning tegishli buyrug`i bilan Investitsiya va grant loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajarib kelgan N.Rasulov ham o`z lavozimidan ozod etildi.