Eronning 25ta viloyatidagi 230 ta maktabda 5 mingdan ortiq o`quvchi zaharlandi. Bu haqda maktablardagi ommaviy zaharlanishlarni tergov qilish bo`yicha parlament komissiyasi a'zosi Muhammad Hasan Asfariy ma'lum qildi.
"Taqdim etilgan hisobotga ko`ra, Eronning ko`plab maktablarida zaharlanish sodir bo`lgan. Statistik ma'lumotlar 5 mingdan ortiq maktab o`quvchilarining zaharlanish qurboni bo`lganini ko`rsatmoqda. Qurbonlar orasida o`quvchi qizlar ko`pchilikni tashkil etadi. O`g`il bolalar esa eng past ko`rsatkichga ega", — dedi Asfariy.
Eronning ISNA agentligining ma'lum qilishicha, ommaviy zaharlanish holatlari yuzasidan ichki ishlar, ta'lim, sog`liqni saqlash vazirliklari, inqilob gvardiyasi va politsiya tashkiloti ishtirokida yig`ilish o`tkazilgan.