x

Yaponiya hukumati ma'lumotlariga ko`ra, Yaponiyada 2022 yilda tug`ilgan bolalar soni ettinchi yil ketma-ket yangi antirekord o`rnatib, 1899 yilda ro`yxatga olina boshlaganidan beri birinchi marta 800 mingdan kamaygan, deya xabar beradi KYODO NEWS.

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan e'lon qilingan dastlabki ma'lumotlarga ko`ra, 2022 yilda yangi tug`ilgan chaqaloqlarning umumiy soni 5,1 foizga kamayib, 799 728 kishini tashkil etgan. Tug`ilish darajasi 2033 yilda 800 mingdan pastga tushishini nazarda tutgan holda, pasayish hukumat 2017 yilda bashorat qilganidan ancha oldin sodir bo`ldi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, uzoq davom etgan COVID-19 pandemiyasi tufayli turmush tarzi o`zgarishi va odamlarning kechroq turmush qurish yoki umuman turmushga chiqmaslik tendentsiyasi ortib borayotgani tug`ilishning pasayishini kuchaytirdi.

To Top ↑
To Top ↑