Davlat statistika qo`mitasi YuNISYeF bilan hamkorlikda o`tkazgan Mul'tiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga ko`ra, uy xo`jaliklarining 81 foizida 17 yoshgacha, 42 foizida 5 yoshgacha bo`lgan kamida bitta bola istiqomat qiladi.
17 yoshgacha bo`lgan bolalarning 79 foizi oilada ota-onasi bilan, 16 foizi faqat onasi bilan, 2 %i esa faqat otasi bilan birga yashaydi.
Bolalarning 3 foizi biologik ota-onalari bilan birga yashamaydi.