Dunyoning turli mamlakatlarida bolalar ta'limi turli shakllarda yo`lga qo`yilgan. Qaysidir davlatda bolalar 6 yoshdan maktabga borsa, qayerdadir maktabga kirishdan oldin imtihon topshirish lozim bo`ladi. Bugun esa sizlarga Hitoy va Estoniya davlatlarida bolalar ta'limi qanday ekanligi haqida ma'lumot beramiz
Hitoy
Hitoy tili eng qiyin tillardan biri bo`lganligi bois, xitoylik o`quvchilar o`qishni maktabga bormasdan avval boshlashadi va butun umri davomida o`rganishda davom etishadi. Maktab yoshi 6 yosh etib belgilangan bo`lib, o`quvchilar 6 yillik boshlang`ich va 3 yillik o`rta ta'limni oladilar. Bu 9 yillik ta'lim majburiy bo`lib, farzandi keyingi bosqichlarda o`qishini istagan ota-onalar ularing ta'limi uchun pul to`lashlari kerak bo`ladi. 9-sinfdan keyin o`quvchilar yana 3 yillik oddiy o`rta maktabda o`qishni davom ettirishlari yoki kasb-hunar egallashlari mumkin.
Estoniya
Estoniyada bolalar 7 yoshdan maktabga qabul qilinadi va 9 yillik majburiy ta'lim oladilar. Yashash joyidagi maktabga borish uchun faqat ariza topshirishning o`zi kifoya. Agar ota-onalar farzandining boshqa maktabda yoki ayrim fanlarni chuqurlashtirilgan holda o`qishini xohlasa, kirish imtihonlarini topshirishi kerak bo`ladi. Bu erdagi maktablarning aksariyati davlat maktablari hisoblanadi. Hususiy maktablarlar juda kam, chunki davlat ta'lim sifatiga moddiy yoki ijtimoiy sharoit ta'sir ko`rsatmasligi kerak deb hisoblaydi.