x

Feysbuk, Instagram, Tiktok, kabi ijtimoiy tarmoq va media platformalarda bolkaylarning foto va videolarini ko`rish odatiy hol. Qariyb barcha ota-onalar farzandining baxtli va qiziq lahzalarini internetda boshqalar bilan bo`lishgisi keladi.

Farzandingizning video va suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish "sharenting" deb ataladi. Bu inglizcha "share" – ulashish va "parents" – ota-ona so`zlaridan olingan bo`lib, ota-ona tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ulashish degan ma'noni anglatadi.

Frantsiya parlamenti esa bu kabi holatlarga chek qo`ymoqchi. Hususan, mamlakat Senatida bu masala muhokamaga qo`yilgan. Bu tashabbus ilgari surilishining sababi sifatida ota-onalar farzandining suratlarini internetga yuklashda bolalarning roziligi olinmasligi va bu orqali ularning shaxsiy huquqlariga putur etayotgani ta'kidlangan.

Ushbu norma amalga kiritilsa, farzandining videolarini tarmoqqa joylagan ota-ona agar o`sha video salbiy oqibatlarni keltirib chiqarsa, ushbu huquq, ya'ni farzandining suratlarini ulashish huquqidan mahrum etilishi mumkin.

Shuningdek, ushbu qonun farzandining suratlarini internetga joylash orqali moddiy manfaat ko`zlagan, ijtimoiy tarmoqdagi bloglari orqali daromad ishlashni maqsad qilgan ota-onalar ham qattiq qoralanadi. Endi bunday holatlar ham jazolanishi mumkin.

Ma'lumot o`rnida ta'kidlash lozimki, bola 13 yoshga to`lgunicha internetga uning o`rtacha 1300 ta surati yuklanar ekan. Bu esa hatto ayrim katta yoshdagi Feysbuk va Instagram foydalanuvchilarining kontentidan ham ko`proq degani. Shuningdek, tadqiqotlar dunyodagi ota-onalarning qariyb yarmi albatta farzandining foto va videolarini internetda baham ko`rganini, ularning 91 foizi esa 5 yoshgacha bo`lgan farzandining suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganini ko`rsatmoqda.

To Top ↑
To Top ↑