x

Nukus shahridagi 4 qavatli uyda gaz portlashidan so`ng vayronalar ostidan qutqarib olingan 5 yoshli qizcha 8 mart kuni shifoxonada vafot etdi. Qizchaning otasi ushbu baxtsiz hodisa oqibatida onasi, turmush o`rtog`i va ikki farzandidan ayrildi.

Nukus shahridagi gaz portlagan 4 qavatli uy vayronalaridan qutqarib qolingan 5 yoshli Tirnakova Elvira shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, El'vira Tirnakova 30 yanvar' kuni vayronalar ostidan olib chiqilib, soat 2:32 larda shifoxonaga yotqizilgan. 8 mart kuni soat 1:20 lar atrofida biologik o`lim holati qayd etilgan. Bunga o`tkir yurak va nafas etishmovchiligi sabab bo`lgan.

El'vira shu kunga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog`iston filialida davolangan. Marhuma qizchaning tibbiyot varaqachasida yopiq miya shikastlanishi, miya chayqalishi, burun, yuqori labda ko`karishlar, ikkila oyoqning pastki qismi shikastlanishi yozilgan. Bundan tashqari, davolash davomida qizchada anuriya bosqichida o`tkir buyrak etishmovchiligi, og`ir endogen intoksikatsiyasi, sepsis, toksik miokard, toksik gepatit, organlarning etishmovchiligi kuzatilgan.

Eslatib o`tamiz, 29 yanvar' kuni soat 16:15 atrofida Nukus shahri «Temir jol» MFYda joylashgan 4 qavatli uyda havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgandi. 30 yanvar' kuni FVV vayronalar tagidan 5 yoshli Tirnakova Elvira qutqarib olinganini ma'lum qilgandi.

To Top ↑
To Top ↑