x

Statistik ma'lumotlarga ko`ra, 2022 yilning 12 oyi mobaynida poytaxtda 1200 ta yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, hisobot davrida YTH oqibatida halok bo`lganlar soni 136 nafarni tashkil etgan, 1463 nafari tan jarohati olgan.

Yo`l-transport hodisalarining 32,5 foizini piyodalar ishtirokidagi baxtsiz hodisalar tashkil etadi. Bolalar ishtirokida 169 ta YTH sodir bo`lgan, buning oqibatida 56 nafar voyaga etmaganlar tan jarohati olgan, 17 nafari vafot etgan.

Har bitta raqam ortida insonlar taqdiri yotibdi. Bitta insonning halok bo`lishi – uning oila a'zolari, yaqinlari uchun og`ir judolik hisoblanadi.

O`tgan bir yil davomida haydovchilar tomonidan yo`l harakati qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo`lgan YTHlar tahliliga to`xtalsak.

Eng ko`p uchraydigan qoidabuzarlik tezlikni oshirish bo`lgan - 370 ta holat. 143 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga o`tgan. 8 ta baxtsiz hodisa avtomobil' rulida o`tirgan shaxslarning mast holatda bo`lganligi sababli sodir bo`lgan. 73 ta YTH jiddiy oqibatlarga olib keldi.

Bir so`z bilan aytganda, har bir haydovchi transport vositasini boshqarayotganda nafaqat o`zi, balki yo`lovchilar va piyodalarning hayotiga mas'uliyat bilan qarashlari lozim. Piyodalar esa yo`l harakati ishtirokchisi ekanligini unutmasligi va o`rnatilgan qoidalarga rioya etishlari kerak.

To Top ↑
To Top ↑