x

Jahon yangiliklari

Kanadalik muhandislar o`rganishda nuqsoni bo`lgan bolalar bilan ishlash uchun kichik bir robot yasashdi. U o`quvchilarga yaxshiroq o`zlashtirishga va o`quv jarayoniga ko`proq e'tibor berishga ko`maklashadi.

Olimlar ko`p yillardan buyon robototexnikani nogiron va ruhiy kasalliklarga chalinganlarga yordam berish uchun moslashtirib kelmoqda. Endi ular o`rganishda nuqsoni bo`lgan bolalarga yordam berish uchun robot yaratdilar. Ushbu kasalliklarga disgrafiya, dislektsiya, diskalkuliya kiradi.

Tajribada tadqiqotchilar o`rganishda nuqsoni bo`lgan 16 nafar o`quvchini ikki guruhga bo`lishdi. Bir guruhda talabalar faqat o`qituvchi bilan, ikkinchisida – o`qituvchi va robot bilan ishladilar. Natijaga ko`ra, robot bilan o`qigan maktab o`quvchilari nazorat guruhidagi bolalarga nisbatan o`z vazifalarini yuqori tezlikda bajara olgan va kamroq chalg`igan.

Robot o`qitishdan tashqari talabalarning fe'l-atvorini ham kuzatib bordi. Ular chalg`iganda, robot hazil va topishmoqlar bilan ularni xursand qildi, qisqa o`yinlar va bir qator jismoniy mashqlarni o`tkazdi.

To Top ↑
To Top ↑