x

Jahon yangiliklari

Qozog`istonda yangi tug`ilgan bolalarga davlat tomonidan bankda hisob ochilib, unga tabiiy resurslar qazib olishdan tushadigan foyda ulushi o`tkazib boriladigan dastur ishga tushiriladi

Hisob bola tug`ilganda avtomatik ravishda ochiladi va har yili to`ldirib boriladi, deb ma'lum qilgan Tengrinews Qozog`iston moliya vaziri o`rinbosari Dauren Temirbekovga tayanib.

Avtomatik hisobvaraq ochishda Adliya vazirligi ma'lumotlaridan foydalaniladi. Bola 18 yoshga to`lgunga qadar har yili 1 yanvarda hisob to`ldiriladi. Pullarni voyaga etgandan so`ng uy-joy yoki ta'limga sarflanishi mumkin. Mablag` soliqdan ozod qilinadi va AQSh dollarida to`lanadi. Horijda o`qish uchun mablag`lardan cheklanmagan miqdorda foydalanish mumkin. Lekin, uy-joyni faqat Qozog`istondan sotib olishga ruxsat etiladi.

18 yoshga to`lgandan so`ng mablag`lar 5-10 yil davomida saqlanadi. Agar ularga ehtiyoj tug`ilmagan bo`lsa pensiya hisobiga o`tkazilishi yoki meros qilib qoldirilishi ham mumkin.

To Top ↑
To Top ↑