x

Habaringiz bor, 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida tug`ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo bo`limlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.

Endilikda bola tug`ilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi ma'lumotlarni, jumladan, bola ro`yxatga qo`yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo`limi, navbatga qo`yiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti haqidagi ma'lumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYo bo`limiga axborot tizimi orqali yuboradi.

FHDYo bo`limi tug`ilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo`yilgan tug`ilganlik haqidagi ma'lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.

Tibbiyot muassasalari ma'lumotnomani bolaning ota-onasiga taqdim etadi.

Ushbu ma'lumotnoma tug`ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat'iyan taqiqlanadi.

Tug`ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo bo`limlari tomonidan  eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.

Otalik belgilash va yolg`iz ona arizasiga asosan tug`ilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug`ilishini qayd etishda bevosita FHDYo bo`limiga murojaat qilinishi lozim.

Ma'lumot uchun: mazkur tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.

To Top ↑
To Top ↑