x

Jahon yangiliklari

Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida yashovchi o`zbekistonlik oilaning 5 yoshli farzandi ular yashaydigan qo`p qavatli uyning 7-qavatidan tushib ketgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining aniqlikkiritishicha, voqea 1 iyul' kuni sodir bo`lgan. Ota-ona shu kuni ertalab soat 8 larda ishga ketishgan va bola uyda yolg`iz, qarovsiz qolgan. Ular bolaga tez-tez qo`ng`iroq qilib, ahvolidan xabardor bo`lib turishganini, biroq oxirgi bir nechta qo`ng`iroqlari javobsiz qolganini aytishgan.

Ma'lum bo`lishicha, bola ochiq turgan deraza tokchasiga chiqqan va pastga tushib ketgan. Guvohlar bu holat kechki olti yarimlarda bo`lganini va zudlik bilan tez yordamga qo`ng`iroq qilishganini aytgan. Tez yordam bolani tumandagi 19-sonli bolalar shifoxonasiga olib borgan. Ammo bolaning hayotini saqlab qolishning imkoni bo`lmagan.

Hozirda voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ota-onalardan bu kabi holatlarni oldini olish uchun farzandlarini qarovsiz qoldirmasliklarini so`rab qolamiz.

To Top ↑
To Top ↑