x

Bolalar shifoxonada davolanayotganda ularning otasi yoki onasiga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi

Uch yoshga to`lmagan bolalar, shuningdek shifokorlarning xulosasiga ko`ra qo`shimcha qarovga muhtoj bo`lgan katta yoshdagi kasali og`ir bolalar statsionar shifoxonada davolanayotganida ularning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a'zosiga davolash muassasasida uning yonida birga bo`lishi uchun imkoniyat yaratiladi va mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Shuningdek, har bir fuqaro davlat sog`liqni saqlash tizimi muassasalarida oilaga taalluqli masalalar, o`zida ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli bo`lgan kasalliklar bor-yo`qligi yuzasidan, nikoh va oila munosabatlarining tibbiy-ruhiy jihatlari yuzasidan bepul maslahatlar olish, shuningdek tibbiy-irsiy hamda boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar olish va tekshiruvdan o`tish huquqiga ega.
Har bir oila o`ziga oilaviy shifokor tanlash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolali oilalar fuqarolar sog`lig`ini saqlash sohasida qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega.

To Top ↑
To Top ↑