x

Mahalliy yangiliklar

Ma'lumki, Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi tavsiyanomasiga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo`shimcha 4 foizli grant ajratiladi. 

Tavsiyanoma uchun talabgorlar hujjatlari xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda joriy yil 8 iyuniga qadar qabul qilinadi.

Tavsiyanoma xotin-qizlarga qanday imtiyoz berishi haqida mana bu erda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/10113

Tavsiyanoma olishga talabgorlar quyidagi toifalardan biriga mos bo`lishi kerak:

Kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlar (oilaning har bir a'zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori (920 ming)ning 0,527 baravari (485 ming)dan ko`p bo`lmagan miqdorda to`g`ri keladigan bir oylik o`rtacha jami daromadga ega bo`lgan oila);

To`liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya'ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

Turmush o`rtog`i vafot etgan, voyaga etmagan farzandini yolg`iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

Nogiron farzandi bo`lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

14 yoshgacha bo`lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida (ijarada) yashayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg`iz ayollarning qiz farzandlari; 

Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo`lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. 

 Ma'lumot uchun, tavsiyanoma olishning o`zi talaba bo`lishni anglatmaydi. Biroq tavsiyanoma bilan tanlovda ishtirok etgan xotin-qizlar orasidan eng yuqori natija ko`rsatganlar to`plagan ballari ketma-ketligiga ko`ra davlat granti asosida o`qishga qabul qilinadi.
 

To Top ↑
To Top ↑