x

Mahalliy yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada tarbiyachi kichik yoshdagi bolaga nisbatan qo‘pol muomala qilayotganligi aks etgan video tarqaldi.

 Bolalar ombudsmani mazkur holatni mutasaddi tashkilotlar bilan birga o‘rganishni boshladi.

Aniqlanishicha, 27-mart kuni Yunusobod tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi S.X. ning onasi N.X. guruh tarbiyachisi tomonidan voyaga yetmagan farzandiga qo‘pollik qilganligi to‘g‘risida Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilgan.

Murojaatda N.X. tarbiyachi S.I. kunduzgi mashg‘ulot vaqtida farzandi yig‘laganligi uchun bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, unga qo‘l ko‘targanligi, buning natijasida farzandining qo‘lida ko'karishlar borligini bildirgan.

Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi holatni o‘rganishi davomida tarbiyachi haqiqatan ham bolaga nisbatan nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan munosabatda bo‘lganligi aniqlandi. 

Mazkur maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati tomonidan bunday nomaqbul holatlarga yo'l qo'ymasligi zarurati ta‘kidlanib, joriy yilning 29-mart kuni tarbiyachi S.I. ga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi va tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 

Hozirda holat Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda. 

To Top ↑
To Top ↑