x

O‘zbekiston hukumati Islom taraqqiyot bankidan 20 yil muddatga 260 mln dollarlik imtiyozli qarz jalb qilmoqda. Qarz mablag‘lari hisobidan 2024-2028 yillarda Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 21 ta tumanida qishloqlar infratuzilmasi yaxshilanadi. Jumladan, loyiha doirasida 20 maktab (19 tasi Samarqandda), 14 bog‘cha, 10 ta oilaviy shifokor punkti (barchasi Samarqandda) quriladi, 200 km ichimlik suvi, 368 km elektr tarmog‘i tortiladi, qariyb 330 km yo‘l quriladi, 53 ta transformator o‘rnatiladi.

To Top ↑
To Top ↑