Jahon yangiliklari
AQShning Florida shtatida 16 yoshgacha bo’lgan yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklovchi qonun imzolandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, Florida gubernatori Ron DeSantis 25 mart kuni 14 yoshgacha bo’lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi va 14 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalardan ota-onalarning roziligini talab qiluvchi qonun loyihasini imzoladi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, ijtimoiy media platformalari ota-ona ruxsatiga ega bo‘lmagan 14 yoshdan kichik va undan katta yoshdagi shaxslarning akkauntlarini o‘chirib tashlashi kerak bo‘ladi.