x

Jahon yangiliklari

Rossiyalik maktab o‘quvchilarining aksariyati (70%) ota-onalari ishlagan joyda faoliyat yuritishni istashmaydi. 83 foiz holatdagi bolalar ota-onalarining maoshidan qoniqmaydilar va ko'proq pul ishlashni xohlashadi. 

MAXITET Ay-Ti kolleji olib borgan tadqiqotda aytilishicha, o'quvchilarga ota-onalarining kasbini belgilash imkoni berilsa, ular ota-onasining IT-mutaxassis (15%), o'qituvchi (14%), shifokor (13%) va mansabdor (13%) bo'lishlarini xohlashini ma'lum qilgan.

Shuningdek, 65 foiz ota-onalar ham farzandining o'z kasbini egallashini istamasligini bildirgan. Olti foiz ota-ona farzandining o'z kasbini davom ettirishidan xursand bo'lishini aytsa, ularning 29 foizi bu masalada ikkilangan.

Xo'sh, sizchi? Farzandingiz izingizdan borib, kasbingizni davom ettirishini xohlarmidingiz?

To Top ↑
To Top ↑