Jahon yangiliklari
Rossiya Federatsiyasidagi Crocus City Hall'da sodir bo'lgan terakt oqibatida 140 dan ortiq kishining halok bo'lgani aytilmoqda. RF prezidentining bola huquqlari bo'yicha komissari Mariya Lvova-Belova ushbu terakt bir qancha bolalarning yetimga aylanishiga sabab bo'lganini ta'kidladi.
"Oldimizda turgan muammolardan biri terakt oqibatida yetim qolgan bolalardir. Endigi vazifamiz imkon qadar tezroq ular uchun vasiylikni rasmiylashtirishdan iborat. Biz vasiylik uchun munosib nomzodlarni topishimiz kerak" – degan Lvova-Belova.
Uning qayd etishicha, bolalarni ijtimoiy muassasalarga emas, o'zining yaqinlariga topshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday qiyin davrda ularning ruhiy jihatdan o'zlarini yaxshi his qilishlari uchun yaqin qarindoshlariga topshirish ko'zda tutilmoqda.
Shuningdek, bola huquqlari bo'yicha prezident vakili Krokus sitidagi terakt oqibatida jarohatlangan ikki o'smirning holidan xabar olish uchun shifoxonaga borgan.