x

Mahalliy yangiliklar

Joriy yil 21-mart kuni Qashqadaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya boʻlimi binosining ikkinchi qavatga koʻtarilish zinasining tagiga nomaʼlum shaxs tomonidan chaqaloq tashlab ketilgan.

Oʻsha zahotiyoq Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga xabar berilgan va hodisa sodir boʻlgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan koʻzdan kechirilgan.

Chaqaloq tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganda tugʻilganiga yigirma kun boʻlgani, umumiy ahvoli qoniqarli, tanasida tan jarohati belgilari aniqlanmagan.

“Hozirgi kunda chaqaloq Kitob tumanida joylashgan viloyat bolalar uyiga joylashtirilgan, sogʻlom.
Holat yuzasidan hozirda Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi rasmiy xabarda.

To Top ↑
To Top ↑