x

Mahalliy yangiliklar

Fargʻona viloyatida mashina boshqarganini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan 12 yoshli bolaning otasiga chora koʻrilgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Buvayda tumanida yashovchi 12 yoshli bola otasining mashinasini koʻchaga haydab chiqqan. Oʻsha paytda uning yonida oʻrtoqlari ham boʻlgan.

Ular mashina boshqarayotganlarini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan va bu koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan. Video YPX xodimlari tomonidan oʻrganilib, mashina va uning egasi topilgan.

“Oʻsha kuni tugʻilgan kunim edi, oʻgʻlim dadamga syurpriz qilaman, deb mashina haydaganini videoga olibdi, hammangizdan uzr soʻrayman. Oʻgʻlim boshqa mashina haydamaydi, soʻz beraman. Nazoratsiz qoldirmayman, boshqa ota-onalarga ham tavsiya qilaman”, deydi bolaning otasi.

Qayd etilishicha, huquqbuzar bolaning otasiga MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashina vaqtinchalik saqlash maydoniga qoʻyilgan.

To Top ↑
To Top ↑