x

Mahalliy yangiliklar

Kecha, 18-mart kuni AOKAda Adliya vaziri oʻrinbosari va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar haqida maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, 1 261 nafar shaxsning tugʻilishi qayd etib berildi. Shuningdek:

  • 9 450 nafar shaxsga tugʻilganlik haqida takroriy guvohnoma berildi;
  • 6 503 ta qonuniy nikohdan oʻtmasdan birga yashayotgan shaxslarning nikohi qayd etildi;
  • 2 593 nafar shaxsning oʻlimi muddati oʻtib qayd etildi;
  • 3 429 nafar shaxsning oʻlimi haqida takroriy guvohnoma berildi;
  • 7 973 nafar fuqaroga ID-karta rasmiylashtirildi;
  • 23 274 ta tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;
  • 17 865 ta koʻchmas mulk obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

2023-yil davomida 77 turdagi yangi davlat xizmatlarni koʻrsatish joriy etilib, hozirda jami 337 taga yetkazildi. 2024-yil davomida esa ularning sonini 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Shundan 55 turdagi xizmatlar bepul koʻrsatiladi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga 50 foiz chegirma qoʻllaniladi.

To Top ↑
To Top ↑