x

Jahon yangiliklari

Germaniya ta'lim vaziri Bettina Shtark-Vatsinger mamlakatda fuqaro mudofaasi darslarini joriy etish zarurligini bildirdi.

"Jamiyatdagi har qanday inqirozlarga puxta tayyorgarlik ko'rish kerak – pandemiyadan tortib, tabiiy ofatlar va urushlargacha. Shuning uchun maktablarda fuqaro mudofaasi darslarini tashkil etish va mashqlarni o'tkazish kerak", – deydi vazir.

Buyuk Britaniyani misol keltirgan vazirning aytishicha, tumanli albion maktablarida favqulodda vaziyatlarda o'zini tutish bo'yicha mashg'ulotlar tez-tez o'tkaziladi.

Ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari avvalroq Germaniyani Rossiya bilan urushga tayyorlanayotgani haqida tasdiqlanmagan ma'lumotlar tarqatgandi.

To Top ↑
To Top ↑