x

Toshkent shahrida yashovchi V.D. Bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, uning 2022-yilda tug‘ilgan nevarasi Z.N. hozirda Rossiya Federatsiyasi Lyuberetskiy tumanidagi vasiylik organida 1 oydan beri saqlanayotganligi, bunga sabab, bolaning onasi Z.A. bolani enagaga qoldirganligi va uni olib ketmaganligi uchun enaga politsiya chaqirgan bo‘lib, politsiya esa bolani vasiylik organiga topshirganligini bildirgan. V.D. vasiylik organi nevarasini tashlandiq bola sifatida rasmiylashtirib, unga yangidan ism-familiya berilganidan xabar topib, nevarasining O‘zbekistonga qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan.

Ma'lum qilinishicha, Tashqi ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur murakkab holat o'rganilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligining o‘rganishiga ko‘ra, voyaga yetmagan N.Z. hech bir hujjatlarsiz vaqtinchalik parvarish qilish markaziga olib ketilgan bo‘lib, shu tufayli Rossiya tomoni bolaning onasi bilan munosabatlarini tasdiqlash uchun DNK testini tayinlash orqali sudda bolaning shaxsini aniqlash kerakligi ma’lum qilingan. 

Hozirda bolaning onasi Z.A. qizi N.Z. bilan oilaviy munosabatlarni (ona va farzand) rasmiy tasdiqlash uchun RFda tegishli tartibda sudga ariza bergan.

"O‘z o‘rnida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqaro V.D. ning nabirasi Z.N. ni uning vasiyligiga o‘tkazish uchun zarur hujjatlar Rossiya Federatsiyasining vasiylik va homiylik organlariga yuborildi", – deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.

To Top ↑
To Top ↑