Jahon yangiliklari
Britaniyalik bolalar vannada va polda uxlayapti, chunki oilalarning ko'rpa-to'shak olishga puli yo'q, deb yozmoqda BBC.
Sheffildda joylashgan Baby Basics UK tashkiloti mamlakatda bolalarning uyqu sharoitlari haqida "dahshatli hikoyalar" eshitganini aytdi.
Kompaniya bosh ijrochi direktori Ket Ross "Biz chaqaloqlarning stullarda, vannada va pollarda uxlayotgani haqida eshitamiz. Ba'zi oilalarning divan, ko'rpa-to'shak olishga imkoni yo'q. Imkoniyati borlar ham namlik sabab choyshablari mog'orlab ketgan", deya vaziyatni tushuntirdi.
Ross xonim Janubiy Yorkshir meri Oliver Koppard kelgusi 4 yilda "chaqaloqlar uchun to'shak" tashabbusi uchun 2,2 million funt sterling ajratishini ma'lum qildi.
Umuman olganda mazkur loyiha hamkorlari va mualliflari mamlakatda oilalar ko'plab qiyinchiliklarga uchrayotgani, ish, uy-joy, oziq-ovqat va hokazo masalalarda bir qator muammolaga uchrayotganini ta'kidlashmoqda.