x

Mahalliy yangiliklar

Kecha, 18 aprel' kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida uchta avtomobil' ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda 5 yoshli bola vafot etgan. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 18 aprel' kuni soat taxminan 10:30 da Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hududidan o`tgan M-39 avtomobil' yo`lining 1408 kilometrida sodir bo`lgan. Mazkur yo`lda Damas avtomobilini boshqarib kelayotgan 57 yoshli haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, ro`parasida kelayotgan, 26 yoshar haydovchi boshqaruvidagi, maxsus radar moslamasi bilan jihozlangan Cobalt rusumli avtomobil' bilan to`qnashgan.

Mazkur ikki avtomobil' to`qnashuvidan keyin Cobalt avtomobili bilan bir yo`nalishda bo`lgan va orqa tomonida harakatlanib kelayotgan Nexia avtomobili to`xtashga ulgurmasdan Cobalt’ning orqa tarafiga urilgan.

Oqibatda Damas haydovchisi og`ir tan jarohat olgan. Ushbu avtomobilda bo`lgan 2017 yilda tug`ilgan bola tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

Habarga ko`ra, mazkur YTH yuzasidan Sherobod tumani Ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`linmasi xodimlari tomonidan dastlabki tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑