x

Mahalliy yangiliklar

Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan 200-maktabda surunkali ravishda dars qoldirayotgan hamda tartib intizomi yaxshi boʻlmagan oʻquvchilardan birining otasi fuqaro M.E.ga farzandining darsga kelmayotganining sabablarini soʻrab, darsda oʻzini tutishi ham oʻzgarib qolganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilib, birgalikda shugʻullanish zarurligi tushuntirilgan. Fuqaro M.E. esa oʻgʻlining xatti-harakatlaridan jahli chiqib, maktab maʼmuriyati bilan janjallashgan.

Fuqaro M.E. chaqirilgan tezkor guruh tomonidan tuman IIBga olib borilgan va unga nisbatan MJtKning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.

To Top ↑
To Top ↑