Jahon yangiliklari
Rossiyalik 13 yoshli qiz marixuana iste'mol qilgan otasining ustidan politsiyaga shikoyat qildi.
Ma'lum bo'lishicha, qiz otasining giyohvand modda qabul qilgani va shundan so'ng xonadonda yoqimsiz hid paydo bo'lgani haqida politsiyaga xabar bergan.
Ota bilan suhbat qilgan politsiya xodimlari uning asabiylashgani va normal holatda gaplashmayotganini payqagan. Giyohvand ota militsiya bo'limiga olib ketilgan va unga nisbatan giyohvand modda iste'mol qilish va noqonuniy saqlash bo'yicha ish qo'zg'atilgan.