Jahon yangiliklari
BMT vakillari G'azodagi urushda halok bo'lgan bolalar soni haqida bayonot berdi. Unga ko'ra, so'nggi 4 oyda halok bo'lgan falastinlik bolalar soni 4 yilda dunyodagi jamiki mojarolarda qurbon bo'lgan bolalar sonidan oshib ketdi.
Ma'lum bo'lishicha, 2019-2022 yillar oralig'ida dunyo bo'ylab sodir etilgan notinchliklarda 12,193 nafar bola hayotdan ko'z yumgan. Oktyabr-fevral oylarida halok bo'lgan falastinlik bolalar soni esa 12,300 nafarni tashkil etmoqda.
"Bu urush — bolalarga, ularning bolaligi va kelajagiga qarshi urushdir", – deydi BMT vakili Filipp Lazzarini.