x

Jahon yangiliklari

Rossiya hukumati Ukrainadan olib ketilgan bolalarni "qayta o'qitish" tizimini ishlab chiqib, ularda "rus identifikatori"ni shakllantirishga harakat qilmoqda. Bu haqda Meduza surishtiruvida ma'lum qilindi.

Unga ko'ra, rus hukumati ukrainalik bolalar voyaga yetgach mamlakatga qarshi bosh ko'tarishidan qo'rqadi va ularni "potensial terrorchi" sifatida ko'radi.

Ayni paytda qancha ukrainalik bola o'g'irlangani noma'lum, ammo Ukraina rasmiylari bergan ma'lumotga ko'ra, gap taxminan 20 ming nafar bola haqida bormoqda.

Meduza nashri maxsus muxbiri Liliya Yapparova minglab hujjatlarni o'rganib chiqdi va ukrainalik bolalarga vatanini unutishga ishontirish uchun mas'ul Ta'lim vazirligi xodimlari bilan suhbatlashdi.

Qayd etilshicha, ukrainalik bolalar bilan faqat rus tilida muloqot qilish nazarda tutilgan. Agar bola bunga qiynalsa. o'rganishi kerak deb hisoblashmoqda.

Nashr manbalarining ta'kidlashicha, shaxsan mamlakat prezidenti bosh-qosh bo'lmoqda. Budjetdan milliardlab rubl oladigan IT kompaniyaga ukrainalik bolalarni internetdagi faoliyatini kuzatib borish topshirilgan. Kompaniya dasturlari orqali har bir ukrainalik bolaning sahifasi har bir bosilgan "layk"gacha kuzatib boriladi va shu asosda boladagi "buzg'unchilik koeffitsiyenti" va "qarshilik koeffitsiyenti" aniqlanadi.

To Top ↑
To Top ↑