x

Mahalliy yangiliklar

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, 17 aprel kuni taxminan soat 18:00 da Sergeli tumanida joylashgan internet klublarning birida 18 yoshli H.S. 17 yoshli maktab o`quvchisi I.Sh. bilan o`zaro janjallashgan. Kelishmovchilik oqibatida H.S. voyaga etmagan I.Sh. ga tan jarohati etkazgan.

Yetkazilgan tan jarohati oqibatida o`smir kasalxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (Qasddan badanga ogir shikast etkazish) boyicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi ushlangan, tergov davom etmoqda.

To Top ↑
To Top ↑