x

Mahalliy yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida joriy yilning 6-8 fevral kunlari o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlarda 188 ming o‘quvchi darsga sababsiz kelmagani aniqlangan. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ma’lum qildi

Qayd qilinishicha, ta’lim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming ota-ona rasmiy ogohlantirilgan, 4 mingga yaqini ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 

6-fevraldan 7-martga qadar 1 mln 769 ming nafar o‘quvchi maktabga qaytarilgan. Respublika bo'yicha davomat 97,7 foizga yetgan.

Maktablarda xavfsizlikni ta’minlash borasida yangi ish tizimi joriy qilingan. Oldin maktab qorovuli faqat tungi paytda maktabda o‘tirish bilan chegaralgan bo‘lsa, hozir kunduzgi vaqtda ham xizmat qilib, maktabga begonalar kirishini oldini olish, kirish-chiqish va ichki tartibni nazorat qilish bilan shug‘ullanmoqda. So‘nggi haftada respublika bo‘yicha 6 ta holatda maktabga begonalar kirishining oldi olingan. Barcha holat bo‘yicha aybdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 5-fevral kuni prezident huzurida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, maktablardagi tarbiya va ma’naviyat masalasiga alohida urg‘u berilib, darslardagi davomat 70 foizni tashkil etayotgani va o‘tgan yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida 2 ming 280 ta jinoyat sodir etilganiga tanqidiy baho berilgan edi.  

Shundan so‘ng, Milliy gvardiyaga o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda «huquqbuzarlikka qarshi immunitet» hosil qilish, maktablardagi axloqiy-ruhiy muhitni o‘rganish, «maktab – oila – mahalla» zanjirini mustahkamlash va davomatni yaxshilashga ko‘maklashish borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

To Top ↑
To Top ↑