Jahon yangiliklari
Turkiyaning Otaturk tumanida joylashgan ko‘pqavatli uylarning birida istiqomat qiluvchi oila farzandining akkumulyatorli o‘yinchoq mashinasi yong‘in chiqishiga sabab bo‘ldi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 12 qavatli binoning 5-qavatida sodir bo‘lgan.
Tuman IIBda ishlovchi Fatih Ayanga tegishli uyda uning 4 yoshli o‘g‘li akkumulyatorli mashinasini o‘ynayotgan vaqtida birdan yonib ketgan. Qisqa vaqt ichida shiddat bilan ko‘tarilayotgan olovdan himoyalanish uchun bolaning onasi mashinani balkonga olib chiqadi. Chaqiruvdan so‘ng voqea joyiga tuman o‘t o‘chirish xodimlar yetib kelib vaziyatni bartaraf etgan. Ehtiyot chorasi sifatida ona va bola shifoxonaga jo‘natildi. Kichik yong‘in sabab uyning bir qismi yaroqsiz holga kelgan. Vaziyat yuzasidan tergov olib borilmoqda.