x

Jahon yangiliklari

Qozog‘istonda siyosiy arboblarning ismini bolalarga qo‘yish an’anaga aylanib bormoqda. Jumladan, 29-fevral holatiga mamlakatda Qosim-Jo‘mart ismli 12 nafar bola, Bayden ismli 8 nafar, shuningdek, 1 nafardan Putin va Tramp ismli bolalar qayd etilgan.

Ismlar orasida geografik nomlar ham uchraydi. Misol uchun, mamlakatda Qozog‘iston ismli 24 kishi ro‘yxatga olingan. Bundan tashqari, 27 nafar Semey, 15 nafar Atirau, 15 nafar Turkiston, 14 nafar Taraz, 10 nafar Oqtou, bir nafar Oqto‘be, bir nafar Toldiqo‘rg‘on ismli kishi bor. 

Qayd qilinishicha, 2024-yil yanvar oyida Qozog‘istonda eng ko‘p qo‘yilgan ismlar – Madina (517 nafar) va Muhammad (536 nafar) bo‘lgan. 

Qizlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar qatoriga Asilim (468 nafar), Oysha (436 nafar), Aylin (387 nafar) va To‘maris (318 nafar) ham kirgan. 

O‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar qatoridan esa Alixon (313 nafar), Oysulton (238 nafar) va Aldiyar (219 nafar) ham joy olgan. 

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 1-yanvar holatiga Qozog‘iston aholisi 20 million kishini tashkil etdi, bu bir yil avvalgiga nisbatan 1,3 foizga ko‘pdir.

To Top ↑
To Top ↑