x

Jahon yangiliklari

Angliyalik Tommi Greysi ismli 11 yoshli bola TikTok trendini amalga oshirish vaqtida vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bola bo‘yoq, erituvchilar, aerozol qutilari, yopishtiruvchi va tozalovchi moddalarni yutgandan so‘ng markaziy asab tizimi shikastlangan va miya faoliyati sekinlashgan. U mazkur harakatlarni ijtimoiy-media tarmoqlarda trendga aylangan videolarga ergashgan holda takrorlashga uringan. 

Politsiya ushbu holat yuzasidan tergov amalga oshirmoqda. Marhum bolakayning buvisi TikTok ning yoshlar uchun xavfli ekanligi va undan himoyalanish zarurligini ta’kidlab shunday dedi:

“Biz hammamiz adoyi tamom bo‘ldik. Men boshqa bolalarning TikTok'ga ergashmasligini yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini istar edim”.

To Top ↑
To Top ↑