x

Mahalliy yangiliklar

Turkiyaning Melikgazi tumanida joylashgan bog‘da o‘tirgan 16 yoshli S.S. shaxsi aniqlanmagan kishi tomonidan ov miltig‘i orqali otib o‘ldirildi. O‘q ovozini eshitgan fuqarolar politsiya va tez yordamga xabar bergan. Voqea joyiga yetib kelgan tibbiy guruhlar bolaning vafot etib bo‘lganini aniqladi. 

Marhum bolaning jasadi sud-tibbiy ekspertiza uchun olib ketildi. Politsiya qochib ketgan gumonlanuvchini tutish uchun maxsus operatsiya boshladi. Ba’zi taxminlarga ko‘ra qotillik sababi o‘rtadagi qiz bilan bog‘liq adovat bo‘lishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑