x

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga baʼzi ijtimoiy nafaqalarni toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Unga koʻra, bola tugʻilganida bir martalik nafaqa (“suyunchi”) pulini berish tartibi oʻzgartirildi. 

Qayd qilinishicha, 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

– birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;

– ikkinchi farzandi uchun – farzand tugʻilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning aʼzosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi. 

Qolgan barcha holatlarda nafaqa toʻlanmaydi. 

Nafaqani olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali berish mumkin. 

Eslatib oʻtamiz, bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (hozirgi vaqtda 680 ming soʻm) miqdorida beriladi.

To Top ↑
To Top ↑