x

Mahalliy yangiliklar

5-mart kuni Fargʻona viloyati Margʻilon shahridagi 29-maktabda bolalarga nisbatan yana bir zoʻravonlik holati yuz berdi. Bu haqda video orqali murojaat olgan bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning matbuot xizmati xabar berdi. Unda bolaning boshidagi jarohatni davolashayotganini koʻrish mumkin.

Qayd etilishicha, 5-sinfdagi oʻquvchilardan biri 12 yoshli U.J. 24 yoshli ingliz tili oʻqituvchisi M.E.dan hojatxonaga borishni soʻragan, biroq oʻqituvchi unga javob bermagan.

Bola zarurat yuzasidan sinfdan chiqqan, birozda qaytgach, oʻqituvchi uning ruxsatsiz harakatidan va gaplashib oʻtirishidan jahli chiqib oʻz qoʻl telefonini oʻquvchiga qarata otgan. Buning oqibatida oʻquvchining boshi yorilgan.

Bolaga maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam koʻrsatilib, boshi bogʻlangan. Uyga shu holatda borgan vaqtida bolaning onasi jarohatdan xabar topib, uni shifoxonaga olib borgan va bolaga zaruriy tibbiy muolajalar koʻrsatilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

To Top ↑
To Top ↑