Jahon yangiliklari
Hindistonning Mandsaur tumanida 35 yoshli erkak va uning ikki nafar farzandi shubhali tarzda o'lim topdi. Ularning uchalasi ham daraxtga osib ketilgan edi. Aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra, ota Prakash Banjara 35 yoshda, bolalar esa Suman va Vishal 10 hamda 13 yoshda bo’lgan.
Mazkur holat bo’yicha ushbu qishloqning bir nufuzli oilasi qurbonlarni ta’qib qilishda ayblanmoqda. Politsiya voqea bo'yicha surishtiruv ishlarini amalga oshirmoqda. Uch kishining o’limidan g’azablangan aholi gumonlanuvchi oilaning uyini buzib tashlagan. Tartib o’rnatishga harakat qilgan harbiylarga ham hujum qilingan.
Tuman rasmiylarining aytishicha, marhum 35 yoshli ota o’zini osib qo’yishidan oldin ikki farzandini bo’g’ib o’ldirgan yoki osgan bo’lishi mumkin. Politsiya surishtiruvlaridan keyin e’lon qilinadigan yakuniy xulosa javoblari kutilmoqda.