Mahalliy yangiliklar
Namangan viloyati Chortoq tumanida aliment toʻlashdan qochib yurgan erkak uy yertoʻlasidan topildi.
Qayd etilishicha, Chortoq tumanida yashovchi fuqaro M.M. turmush oʻrtogʻi bilan ajrashganidan soʻng, cudning hal qiluv qarori bilan undiruvchi V.N foydasiga 1 nafar farzandi uchun har oyda aliment toʻlash belgilanadi. Mazkur hujjat byuroning Chortoq tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harakatlari olib borilgan.
Qarzdor ota tomonidan qarzdorlik 20 million soʻmdan ortgan. Ishlash maqsadida Toshkent shahriga ketgach, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Xodimlar tomonidan Toshkentdagi xonadon yashash joylari puxta koʻzdan kechirilganda, yertoʻlaga yashirinib olgani aniqlandi.
Belgilangan tartib boʻyicha qidiruvdagi shaxs davlat ijrochisiga topshirildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Chortoq tuman sudi tomonidan qarzdor otaga nisbatan 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.