x

Jahon yangiliklari

Qozog‘istonda 4-mart kuni tushdan keyin 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilziladan keyin Olmaotadagi maktab, kollej va universitetlarda darslar bekor qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Fan va oliy ta’lim vazirligi hamda Olmaota ta’lim departamenti ma’lum qildi.  Vazirlik rasmiy vakili Yerjan Baytanayevning so‘zlariga ko‘ra, zilzila oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

“Barcha o‘quvchilar evakuatsiya qilindi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 37-2-moddasiga asosan bugundan boshlab darslar bekor qilindi”, - deydi Baytanayev.

Qonunning 37-moddasi 2-bandida favqulodda holat, tegishli ma’muriy-hududiy tuzilmalarda (ayrim obyektlarda) yoki favqulodda vaziyatlar e’lon qilinganda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ta’lim tashkilotlarida cheklovchi chora-tadbirlar, shu jumladan karantin choralari joriy etilishi belgilangan.

Olmaota ta’lim departamenti bugun shahardagi barcha maktab va kollejlarda ikkinchi smenadagi darslar bekor qilingani haqida xabar berdi.

To Top ↑
To Top ↑