Jahon yangiliklari
Isroil 150 kundan ortiq vaqtdan beri amalga oshirayotgan hujumlari tufayli G‘azoda gumanitar inqiroz asta-sekin jiddiylashib bormoqda. Isroil qo‘shinlari asosan aholi turar-joylariga zarba berayotganligi uchun qurbonlar soni kabi bino vayronalar ham ko‘payib bormoqda. Ana shunday uy vayronasi ostida bir g‘azolik bolakay 9 kun davomida qolib ketdi. Oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, qutqaruv guruhlari bolani tirik holda chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bola hushsiz holatda, ammo hali joni uzilmagan edi. Bolakay yoqilg‘i taqchilligi sababli tez yordam mashinasi o‘rniga eshak aravada shifoxonaga olib ketildi.