Jahon yangiliklari
2023-yilda Janubiy Koreyada tug‘ilishlar soni eng past darajaga tushdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayollar o‘z karyerasini o‘ylab yoki farzand tarbiyalash uchun sarflanadigan xarajatlardan xavotirlanib, farzand ko‘rishni kechiktirishmoqda yoki butunlay voz kechishmoqda.
Janubiy Koreyalik ayollarning reproduktiv hayoti davomida farzand ko‘rish foizi 0,78 dan 0,72 ga pasayib, antirekord qayd etdi, deb xabar bermoqda mamlakat statistika agentligi.
Aholi soni barqaror o‘sishi uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkich har bir ayol uchun 2,1 ni tashkil qiladi. Hukumat 2006-yildan buyon ko‘pfarzandlikni rag‘batlantirish borasida taqdim etayotgan naqd subsidiyalar, bolaga qarash xizmatlari, bepul davolash muolajalari uchun 270 milliard dollar ajratganiga qaramay holat yaxshilangani yo‘q.
Markaziy razvedka boshqarmasining 2023 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab tug‘ilishning eng past ko‘rsatkichlarini qayd etib turgan davlatlar quyidagi ro‘yxatda keltirilgan:
- Tayvan (1,09)
- Singapur (1,17)
- Ukraina (1,22)
- Gonkong (1,23)
- Aomin (1,23)
- Italiya (1,24)
- Moldova (1,25)
- Puerto-Riko (1,25)
- Ispaniya (1,29)