x

Mahalliy yangiliklar

Fargʻona viloyati Beshariq tumanida bir oilaning uch aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etgan. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, hodisa 2024-yil 1-mart kuni sodir boʻlgan.

Beshariq tumani Obodon koʻchasida yashagan 1973-yilda tugʻilgan erkak va uning 12 yoshli qizi va 11 yoshli oʻgʻli yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Koʻzdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadonda nostandart qoʻlbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, marhumlarning oʻlimi boʻyicha sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tekshirish xarakatlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑