x

Jahon yangiliklari

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning bayonot berishicha, 7 oktyabrdan buyon Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda 25 000 dan ortiq ayol va bolalar halok bo‘lgan. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan Kongressda G‘azo qurbonlari haqida berilgan savolga Pentagon rahbari yuqoridagi sonlarni javob sifatida aytib o‘tgan. 

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, sektorda 12 300 dan ortiq bolalar halok bo‘lgan. Isroil hujumlarining nishoni odatda tinch aholi yashaydigan turar-joy binolariga qaratilayotgani sababli qurbonlar soni keskin oshib bormoqda. Bu esa mavjud muammoli vaziyatni yanada tahlikali ko‘rinishga olib keladi. Halok bo‘lganlar orasida bolalar va ayollarning ulushi ko‘pligi achinarli hol. Hozirda xalqaro sud Isroilga qarshi genotsid ayblovi bo‘yicha ish ko‘rib chiqmoqda.

To Top ↑
To Top ↑