x

Jahon yangiliklari

Qozog‘istondagi bolalar bog‘chasi xavfsizlik kameralari tasviriga tushib qolgan holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda bir bola boshqa bolani kaltaklagani, yerga egilib o‘zini himoyalashi vaqtida ustiga sakrab tushib, tanasining turli qismlariga urib-tepgan holda jarohat yetkazayotgani tasvirlangan. Himoyasiz qolgan bola egilgan holatida ham ketma-ket zarbalarni qabul qilib olgan. 

Xabar berilishicha, bog‘cha tarbiyachisi bolalarga oziq-ovqatlarni olib kelish uchun ularni 15-20 daqiqaga yolg‘iz qoldirgan vaqtida mazkur holat sodir bo‘lgan. Kaltaklangan bolaning onasi aytishicha, ushbu vaziyatdan oqibatida o‘g‘lining miyasi chayqalgan. Tanasida ko‘karish va boshqa jarohat izlari bor bo‘lib, shifoxonaga yotqizilgan

Qozog‘iston bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Dinara Zakiyeva o‘z bayonotida bolaning hayoti xavf ostida emasligini bildirgan. Politsiya voqea yuzasidan tergov boshlagan bir vaqtda, Olmaota ta’lim boshqarmasi mazkur bolalar bog‘chasi rahbari va tarbiyachisiga intizomiy jazo qo‘llanganini ma’lum qildi.

To Top ↑
To Top ↑