x

Mahalliy yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev bu Ramazon oyida ehtiyojmand insonlar, ayniqsa farzandlar holidan xabar olish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.

Xabarga koʻra, eshitishda nuqsoni bor 500 nafar bolaga bepul koxlear apparati va boshqa implantlar qoʻyish uchun 62 milliard soʻm ajratilishi belgilandi. Yana 2 ming nafar bola eshitish moslamasi bilan taʼminlanadi.

“Saxovat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik keng namoyon boʻladigan muqaddas Ramazon oyi yaqinlashmoqda”, deyiladi xabarda.

Paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanayotgan xorazmlik 10 nafar yoshlarga 7 turdagi zamonaviy sport protez va reabilitatsiya vositalari olib beriladi.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

To Top ↑
To Top ↑